Tramp xitoylik talabalarni AQSHdan quvmoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xitoylik talabalarning vizalarini bekor qilish rejalarini e’lon qildi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bayonot berdi.

Rubio ushbu bayonotni Xitoyning butun dunyo talabalari uchun viza berish vaqtincha to‘xtatilganiga bildirgan tanqididan so‘ng e’lon qilgan. U vizani bekor qilish nafaqat Xitoy Kommunistik partiyasi bilan aloqasi yaqqol ko‘rinib turgan talabalarga, balki “strategik ahamiyatga ega sohalarda” tahsil olayotganlarga ham tegishli bo‘lishi bo‘yicha aniqlik kiritgan. Rubio, shuningdek, Xitoy va Gonkong fuqarolari uchun viza berish mezonlari qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, xitoylik talabalar AQSH universitetlarida muhim o‘rin tutadi – 2023-2024 o‘quv yili davomida ularning soni 277 ming 398 nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp ma’muriyati Garvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilishni cheklashga uringan, ammo universitet bu bosimga bo‘ysunishni rad etgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Nin esa Vashingtonni xorijiy talabalarning qonuniy huquqlarini himoya qilishga chaqirdi. Bunga javoban Rubio Isroilga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan minglab xorijiy talabalarning vizalari qaytarib olinishi va AQSH elchixonalariga yangi talabalar vizasi berishni keyingi ko‘rsatmalargacha to‘xtatib turish buyurilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp xitoylik talabalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing