Tramp qanday qilib Eron bilan “eng yaxshi do‘st” bo‘lmoqchi?

Olam

AQSH Prezidenti Donald Tramp “eng yaxshi do‘sti” Eron agar yadro qurolidan voz kechsa eng boy mamlakatga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Biz Eron Islom Respublikasining yadro quroliga ega bo‘lishiga rozilik berolmaymiz. Agar ular bunga ko‘nsa, eng boy davlatga aylanadi va men ularning eng yaqin do‘stiga aylanaman”, deb aytib o‘tdi Tramp Oq uy tashqarisida jurnalistlar bilan uchrashuvda.

AQSH rahbari o‘z nutqi yakunida “Keling, Eronni yanada kuchli qilamiz”, deb qo‘shib qo‘ygan.

Xabaringiz bor, joriy yilning 20 iyun kuni rasmiy Tehron AQSH fuqarolik aviatsiyasiga tegishli bo‘lgan razvedka droni Eron havo sarhadlarini buzib kirganligi uchun urib tushirilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Rasmiy Vashington esa bu holatni tajovvuzga tenglashtirib, dron xalqaro havo hududida bo‘lganini ta’kidlagandi. AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘shanda Twitter’dagi sahifasida “Eron juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi”, deb post qoldirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp AQSh-Eron

Baholaganlar

183

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing