Tramp qamoqda ham AQSH Maxfiy xizmati himoyasida bo‘ladi
Olam
−
05 aprel 2023
9972Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp qamoqqa olingan taqdirda ham AQSH Maxfiy xizmati himoyasida qoladi. Bu shtatlar tomonidan 1965 yilda qabul qilingan huquqiy hujjatga asosan amalga oshiriladi. Bu haqda WKYT xabar berdi.
AQSH qonunchiligiga ko‘ra, Maxfiy xizmat sobiq prezident va uning rafiqasi, agar ular bunday himoyadan voz kechmasalar, ularni umrbod himoya qilishi shart.
Agentlikning ta’kidlashicha, Trampni bunday imtiyozdan mahrum qilishning yagona yo‘li qonunning o‘zini o‘zgartirishdir. Hattoki impichment tahdidi ostida bo‘lsa ham, sobiq prezident vakolat muddatining rasman tugaguniga qadar o‘z lavozimida qoldi, shuning uchun AQSHning sobiq rahbari umrbod barcha imtiyozlarga ega.
Ayni paytda sud siyosatchidan rasmiy hibsga olishni olib tashladi, shundan so‘ng u Floridaga qaytdi. Ish bo‘yicha navbatdagi sud majlisi 4 dekabrga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp jinoiy javobgarlikka tortilgan AQSHning birinchi sobiq prezidenti bo‘ldi. Prokurorlar unga qalbakilashtirish bo‘yicha 34 ta ayblov qo‘ygan. Ayblovning asosi “birinchi darajali biznes hujjatlarini boshqa jinoyat sodir etish uchun qalbakilashtirish” va eng ko‘p to‘rt yillik qamoq jazosini o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, kecha, 4 aprel kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp rasman hibsga olingandi. Hibsga olish unga qarshi ayblovlar qo‘yilmaguncha davom etishi aytilgandi.
LiveBarchasi