Tramp ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solish to‘g‘risida farmonga imzo chekdi. Twitter yopiladimi?

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarga doir farmonni imzoladi. Farmonga ko‘ra, tarmoqdagi postlarni kompaniya tomonidan tahrirlash taqiqlandi.

"Amerika tarixida bunday kichik miqdordagi korporatsiyalarning insonning o‘zaro ta’sirining bu qadar katta sohasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi mumkin emas", deydi Tramp jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarning xabarlarning ishonchliligi to‘g‘risidagi qarorlari, ularga o‘zgartirishlar kiritish yoki ularni blokirovka qilish tahririyat siyosati bo‘lib, bunda ijtimoiy tarmoqlar noshirlar sifatida ishlashi ta’minlanadi. Bu esa foydalanuvchilarning so‘z erkinligini cheklaydi.

"Bunday paytlarda Twitter neytral ijtimoiy platformadan voz kechadi va nuqtai nazarga ega muharrirga aylanadi" deya qo‘shimcha qildi Oq uy rahbari.

Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Tramp Twitter'ni yopish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini tan oldi.

"Men advokatlar bilan tekshiraman, yuridik harakatlar jarayonning bir qismi sifatida borish kerak. Agar yopilish qonuniy bo‘lsa, men buni amalga oshiraman", deydi Tramp.

Avvalroq, Twitter ijtimoiy tarmog‘i Trampning xabarlaridan birini yolg‘on deb hisoblab, uning ostiga Tramp yolg‘on gapirganligi haqida ogohlantirish belgisini qo‘ydi. Bunga javoban Tramp, agar konservatorlarning ovozlarini o‘chirishda davom esa, ijtimoiy tarmoqlarni qat’iy ravishda tartibga solish yoki butunlay yopib qo‘yish bilan tahdid qildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Twitter

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing