Tramp Isroilga bordi

Olam

image

Bugun, 13 oktyabr kuni ertalab AQSH Prezidenti Donald Tramp garovdagilarni ozod qilish jarayoni davom etayotgan bir paytda Isroilga yetib bordi. Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti uni tantanali kutib olishdi.

Air Force One samolyoti Ben-Gurion aeroportiga qo‘nayotganida uchoq ichidagi yo‘lovchilar Tel-Aviv sohilidagi katta “raxmat” (Thank You) yozuvini ko‘rishdi.

Ben-Gurion aeroportida katta Isroil delegatsiyasi – Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va uning rafiqasi Sara boshchiligida – prezidentni kutib oldi. Shuningdek, Isroil Prezidenti Ishok Gersog, AQSHning Isroildagi elchisi Mayk Hakkabi va otashkesim bitimini tuzishda yordam bergan Trampning kuyovi Jared Kushner ham o‘sha yerda edi. Unga Ivanka Tramp hamrohlik qildi.

Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni samimiy bag‘riga bosib, tabassum bilan qarshiladi. Ikki lider so‘nggi oylarda bir qancha tortishuvlarga qaramay, murakkab munosabatlarni saqlab qolgan.

Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi dunyoda tinchlik sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani, mojarolarni yumshatgani va G‘azodagi urushni to‘xtatishda yetakchilik qilgani uchun Trampga Nil Ordeni – mamlakatning eng yuqori fuqarolik mukofotini topshiradi.

Isroil Prezidenti Ishok Gersog esa Trampga Isroilning eng oliy fuqarolik mukofoti – Prezident Sharaf Medalini berilishini ma’lum qildi. Gersog ta’kidlashicha, Tramp “Yaqin Sharqda xavfsizlik, hamkorlik va tinchlikka umid boshlanishining poydevorini qo‘ygan”.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan prezident limuzinida birga Quddusga, Knesset binosiga yo‘l oldi. Ular havo maydonidan chiqishdan avval mashina ichida suhbatlashgani ko‘rindi.

Tramp o‘tgan haftadagi garovdagilar evaziga otishkesim kelishuvini qabul qilishga Netanyaxuni qattiq bosim bilan ko‘ndirgan edi, ammo oldinda yana og‘ir muzokaralar bo‘lishi mumkin.

Netanyaxu kecha “harbiy kampaniya yakunlanmadi” deb ogohlantirgan bo‘lsa, Tramp Air Force One bortida mutlaq boshqacha fikr bildirdi:

“Urush tugadi. Urush tugadi, tushunayapsizmi?” dedi u jurnalistlarga.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing