Tramp Infantinoni BMTning Bosh kotibi bo‘lishini istamoqda

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantinoni BMTning keyingi Bosh kotibi sifatida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Infantino 2026 yilgi Jahon chempionati davomida Amerika yetakchisiga yanada yaqinlashgan. Nashrning ta’kidlashicha, FIFA prezidenti Trampning ishonchini qozonish uchun bor imkoniyatini ishga solgan. Jumladan, u o‘tgan yil dekabr oyida Trampga FIFAning Tinchlik mukofotini topshirgan.

Manbaga ko‘ra, Tramp Infantinoni “dunyo miqyosida hurmat qozongan va odamlarni birlashtirishda noyob qobiliyatga ega shaxs” deb hisoblaydi.

Hozircha Tramp bu g‘oyani Infantinoning o‘zi bilan muhokama qilganmi yoki FIFA prezidenti BMT Bosh kotibi lavozimiga nomzod bo‘lishni istayaptimi, bu noma’lum.

Ma’lumot uchun, BMTning amaldagi Bosh kotibi Antoniu Guterrishning vakolat muddati 2026 yil 31 dekabrda yakunlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing