Tramp Getjini golfga taklif qildi

Sport

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti Donald Tramp UFC jangchisi Jastin Getjiga qo‘ng‘iroq qildi. Bu haqda “Rambler” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 iyul kuni AQSHning Solt-Leyk Siti shahrida o‘tkazilgan UFC 291 turnirini Donald Tramp ham bevosita tomosha qilgan va kechaning markaziy jangi uning e’tiboriga tushgan. Mazkur bahsda mahalliy sportchilar Dastin Pore va Jastin Getji tashkilotning BMF kamari uchun o‘zaro jang olib bordi. To‘qnashuvning ikkinchi raundida Getji raqibiga dahshatli zarba yo‘lladi va Dastin nokautga uchradi. Shu tariqa, Getji besh yil avvalgi mag‘lubiyati uchun revansh oldi.

BMF kamarining yangi egasiga ko‘ra, jang yakunlangandan so‘ng sobiq Prezident unga qo‘ng‘iroq qilgan va g‘alaba bilan tabriklagan. 

“U janglarni juda yaxshi ko‘radi. Unga bu yoqadi. Tramp menga qo‘ng‘iroq qilib, men buni uddalaganimni va men bilan g‘ururlanishini aytdi. Shuningdek, u qachonlardir Nyu-York yoki Floridaga borsam, unga qo‘ng‘iroq qilishimni va biz golf o‘ynashimizni aytdi”, deydi Getji.

Ma’lumot uchun, Jastin Getji MMAdagi faoliyati davomida 29 marta oktagonga chiqqan va ularning 25 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan, g‘alabalarining 20 tasi muddatidan oldin qayd etilgan. Shuningdek, u 4 bor mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan bo‘lib, ularning 2 tasida jang erta yakun topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp gol'f Jastin Getji

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing