Tramp G‘azo bo‘yicha sulh xavf ostida emasligini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga hech narsa tahdid sololmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 28 oktyabr kuni Janubiy Koreyaga yo‘l olayotganda samolyot bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Kelishuvga hech narsa tahdid sololmaydi. Ular (HAMAS) isroillik askarni o‘ldirishdi. Shu sababli isroilliklar javob zarbasini berishdi”, deydi Tramp.

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti zarurat tug‘ilsa, HAMAS yo‘q qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

“Agar kerak bo‘lsa, biz HAMASni juda oson yo‘q qilamiz. Biz ular bilan kelishuv tuzganmiz, unga ko‘ra ular o‘zini yaxshi tutishi kerak edi... Agar o‘zini yaxshi tutmasa, ularni yo‘q qilishadi”, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMAS infratuzilmasiga zarbalar bergan edi. Oqibatda 100 ga yaqin inson halok bo‘lgani aytilmoqda. Isroil ma’lumotlariga ko‘ra, bu – Rafah shahri yaqinida HAMAS isroillik askarlarga qarshi tank raketasini uchirganidan keyin sodir bo‘lgan. HAMAS esa bu hodisaga aloqadorligini rad etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing