Tramp Eronga Xitoy yordami haqidagi xabarni rad etdi
Olam
−
09:11 322 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi hujumdan oldin Xitoydagi ayrim tashkilotlar Tehronga Iordaniyadagi AQSH harbiy bazasi haqida sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etgani haqidagi xabarni jiddiy qabul qilmadi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“The Wall Street Journal” nashri AQSHlik rasmiylarga tayanib, Xitoydagi tashkilotlar joriy yilning iyul oyida Iordaniyadagi AQSH bazasiga qilingan hujumdan oldin Eronga ushbu baza to‘g‘risida sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini bergani haqida xabar tarqatgandi. Hujum oqibatida uch nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgandi.
Trampdan Xitoy rahbari Si Szinpin bilan bo‘lajak uchrashuvida ushbu masalani ko‘tarish-ko‘tarmasligi so‘ralganda, u savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi. Prezident ikki davlat ham bir-birini kuzatish bilan shug‘ullanishini aytgan.
“Biz ham ularni kuzatamiz”, degan Tramp.
“The Wall Street Journal” maqolasida sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini taqdim etgan Xitoydagi aniq tashkilotlar nomi keltirilmagan. Shuningdek, nashr ularning harakatlarida Xitoy hukumati bevosita ishtirok etganini da’vo qilmagan.
Tramp Xitoy bilan munosabatlari yaxshi ekanini ta’kidlab, har ikki davlat ham o‘zini to‘g‘ri tutganini qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Tramp va Si Szinpinning uchrashuvi joriy yil 24 sentyabr kuni AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biroq Xitoy tomoni uchrashuvni hozircha rasman tasdiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoyni Amerika saylovlariga aralashishda yana bir bor ayblagandi.
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr