Tramp Eronga 15 kun muhlat berdi
Olam
−
09:42 2416 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga yadroviy dastur va boshqa muammolar bo‘yicha kelishuvga erishish uchun 15 kun muhlat berdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Tramp jurnalistlarga bergan intervyusida “Yoki biz kelishuvga erishamiz, yoki bu ular uchun baxtsiz hodisaga aylanadi”, degan. Uning ta’kidlashicha, agar kelishuvga erishilmasa, AQSH jiddiy choralar ko‘rishi, jumladan harbiy harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Prezident Vashingtonda o‘tgan “Tinchlik kengashi” yig‘ilishida ham Eron bilan “mazmunli kelishuv” zarurligini ta’kidlagan. U kelishuv bo‘lmasa, AQSH “bir qadam oldinga siljishi” mumkinligi haqida ogohlantirgan.
Ma’lum qilinishicha, Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner Jenevada Eron diplomatlari bilan bilvosita uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar muzokaralarda ma’lum darajada siljish borligini bildirgan.
Shuningdek, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 28 fevral kuni Isroilga tashrif buyurib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bilan uchrashishi kutilmoqda. Netanyaxu Eron masalasida qat’iy pozitsiyani qo‘llab-quvvatlab keladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari 21 fevral kuni Eronga zarba berishga tayyorligi, biroq Donald Tramp hali yakuniy qaror qabul qilmagani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi