Tramp deportatsiyaning birinchi bosqichlarida 1 mln odamni AQSHdan chiqarib yuboradi – “Bloomberg”

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp muhojirlarni deportatsiya qilish siyosatini amalga oshirishning birinchi bosqichida 1 million odamni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ustuvor guruhga jinoyat sodir etgan yoki boshpana olmasdan mamlakatdan yakuniy deportatsiya buyrug‘ini olgan migrantlar kiradi. Tramp allaqachon Meksika va Salvador rahbarlari bilan migrantlar masalasini muhokama qilgan, biroq batafsil emas.

Manbalarning agentlikka ma’lum qilishicha, saylangan prezidentning o‘tish guruhi hozir norasmiy kanallar orqali Meksika va Salvador hukumati vakillari bilan ishlamoqda. Ular Tramp o‘zining ommaviy deportatsiya rejasining bir qismi sifatida deportatsiya qilmoqchi bo‘lgan millionlab noqonuniy muhojirlarning bir qismini qabul qilishga rozi bo‘lishlariga undamoqchi. Bu sa’y-harakatlar yangi ma’muriyat siyosatchining saylovdagi asosiy va’dalaridan birini tezda amalga oshirishga kirishishini ta’minlashga qaratilgan.

Agentlikning yozishicha, Vashington uchinchi davlatlarning muhojirlarni qabul qilishga roziligini ta’minlashi kerak, chunki ularning muhim qismi Kuba, Venesuela va Nikaragua kabi Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlari yomon bo‘lgan mamlakatlar fuqaroligiga ega.

Meksika AQSHdan deportatsiya qilingan taqdirda faqat o‘z fuqarolarini qabul qilishga tayyorligini allaqachon ma’lum qilgan. Meksika va Salvador hukumatlari agentlikka Tramp vakillarining so‘rovlariga izoh bermadi. Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) “Bloomberg”ning AQSHdan deportatsiya qilinishi kutilayotgan odamlar soni haqidagi ma’lumot so‘roviga javob bermadi.

Avvalroq Tramp inauguratsiyadan so‘ng Amerika tarixidagi noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha eng yirik operatsiyani amalga oshirish niyatida ekanini ommaviy chiqishlarida bir necha bor aytgan edi. Migratsiya inqirozi AQSH saylov kampaniyasining asosiy masalalaridan biriga aylandi. AQSHning amaldagi Prezidenti, demokrat Jo Bayden 2025 yilning 20 yanvarida davlat rahbari vakolatlarini Trampga o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Meksika Sal'vador

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing