Tramp Bayrutdagi fojia oddiy portlash emas, hujum ekanini aytmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Livan poytaxti Bayrutda kecha, 4 avgust kuni ro‘y bergan portlashni tasodifiy holat deb hisoblamaydi. Unga ko‘ra, bu fojia hujum va bomba portlashi oqibatida sodir bo‘lgan. 

OAVning qayd etishicha, Tramp ushbu masalada bir qancha generallar bilan muloqot qilgan va ular Prezidentga Livan poytaxtiga bomba hujumi uyushtirilganini aytishgan. 

“Portlashning xususiyatiga asoslanib shuni aytamanki, u hujumga o‘xshaydi. Men ba’zi generallarimiz bilan uchrashdim, ular ushbu portlash fabrikada kelib chiqmaganini aytib, uni hujum deb o‘ylamoqda. Ularning fikricha bu hujum. Qandaydir bomba”, degan Tramp.

Trampga ko‘ra, AQSH Livanga ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etishga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda port hududida vayronkor portlash yuz berdi. Uning ko‘lam shu qadar ulkan ediki, guvohlar portlashni atom bombasiga qiyosladi. Seysmologlar esa portlash 4,5 ball zilzila bilan teng kuchda bo‘lganini aytdi. Portlash oqibatida vafot etganlar 100 nafardan oshdi, jarohatlanganlar esa 4 ming nafardan ziyod. 

Livan Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, portda ammiakli selitra portlagan.

“Al Mayadeen” telekanali kuch ishlatish tizimidagi manbasiga tayanib xabar berishicha, "to‘qqiz yil avval kemalardan biridan musodara qilingan hamda qayta ishlash yoki yo‘q qilish uchun portdagi omborda saqlangan portlovchi moddalar portlagan.

Portlash bilan bog‘liq yana bir taxmin portda pirotexnika vositalari portlagan. Ammo fojianing ko‘lami va vayronkorligini hisobga olganda birgina pirotexnika bunday falokatga sabab bo‘lishi imkonsizdek ko‘rinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Bayrut fojiasi

Baholaganlar

369

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing