Tramp Baydenni debatga chaqirdi
Olam
−
07 mart
4122Kecha, 6 mart kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarning amaldagi yetakchisi Jo Baydenni debatga taklif qildi. U bu haqda Trurh Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
"Jo Bayden va men Amerika va uning xalqi uchun juda muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilishimiz mamlakatimiz farovonligi uchun g‘oyat ahamiyatlidir. Shuning uchun men munozara o‘tkazishni talab qilaman. Istalgan vaqtda, istalgan joyda", deb yozgan Tramp.
Jo Bayden jurnalistlarning Trampning chaqirig‘iga izoh berish haqidagi iltimosiga qiziqarli tarzda javob qaytargan.
“Agar men uning o‘rnida bo‘lganimda, o‘zim bilan yuzma-yuz gaplashib olgan bo‘lardim. Uning boshqa qiladigan ishi yo‘q, menimcha”, degan Bayden.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. 2023 yil 25 aprelda Bayden eng yuqori hukumat lavozimiga qayta saylanish uchun kurashayotganini e’lon qildi. Tramp esa 2022 yil noyabr oyida saylov kampaniyasiga kirishini e’lon qilgan va hozirda u Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashda favorit hisoblanadi.
LiveBarchasi