Tramp Baydenga korrupsion tergov va’da qildi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Texas shtatining Konro shahrida o‘z tarafdorlari oldida nutq so‘zlab, Kongress respublikachilar nazoratiga qaytishi bilan o‘z vorisi Jo Baydenga nisbatan korrupsiya bo‘yicha tergov boshlash bilan tahdid qildi.

Tramp shu yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda uning Respublikachilar partiyasidagi hamkorlari Vakillar palatasi va Senatda ko‘pchilikni qo‘lga kiritishiga umid bildirgan.

“Ishonchim komilki, respublikachilar Kongressda g‘alaba qozonganida, Baydenning korrupsiyasi Kongress tomonidan tekshiriladi va fosh qilinadi. Bayden Xitoydan olgan millionlab dollarlar ham Jo nima uchun (Xitoy) Kommunistik partiyasini bizga va dunyoning qolgan qismiga tarqalgan virus uchun javobgarlikka tortishdan voz kechganini tushuntiradi”, deb va’da berdi sobiq Prezident.

Oq uyning amaldagi rahbari, xususan, Ukrainaning “Burisma” kompaniyasi boshqaruvida bo‘lgan o‘g‘li Xanterning ko‘plab xorijiy biznes loyihalariga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing