Tramp Ayovadagi kokuslarda ishonchli g‘alaba qozondi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Ayova shtatidagi kokuslar (prezidentlik saylovlarida partiya ichidagi ovoz berishning birinchi bosqichi)da ishonchli g‘alaba qozondi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Uning g‘alabasini Amerikaning barcha yetakchi telekanallari, shuningdek, “Associated Press” birinchi ovoz berish natijalariga ko‘ra, bashorat qilgan edi.

ABC News tomonidan e’lon qilingan ovoz berishning dastlabki hisob-kitoblari saylovchilarning 52 foizi Trampga ovoz berganini ko‘rsatmoqda.

Florida gubernatori Ron DeSantis hozirda ikkinchi o‘rinda, uni respublikachilarning 20 foizi qo‘llab-quvvatlayapti.

“Saylovchilarning 19 foizi Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Xeyliga ovoz berdi”, deb xabar bermoqda ABC News.

Ovozlarni sanash davom etar ekan, ikkinchi o‘rin taqdiri o‘zgarishi mumkin.

Tadbirkor Vivek Ramasvami 10 foizdan kam ovoz bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Shundan so‘ng u o‘z saylovoldi tashviqotini yakunlashini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, AQSHning Men va Kolorado shtatlarida Donald Trampning respublikachilar praymerislarida qatnashishi ta’qiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident ikki shtatdagi mazkur qaror bo‘yicha AQSH Oliy sudiga shikoyat qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp saylov Ayova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made