Afg‘onistonda ISHID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

Olam

image

ISHID terrorchilik tashkiloti hududiy rahbari Afg‘oniston maxsus xavfsizlik xizmati tomonidan hibsga olingan. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik kengashi vakili Javid Faysal o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Murakkab operatsiya davomida Afg‘oniston va Pokiston hududida faoliyat yuritayotgan terrorchilik tashkilotining hududiy tarmog‘ini boshqargan Pokiston fuqarosi Aslam Farukiy qo‘lga olindi”, deyiladi bayonotda.

Faysalning ta’kidlashicha, dastlabki tergov davomida hibsga olingan shaxs mahalliy maxsus xizmat vakili bilan aloqa o‘rnatganligini tan oldi. Kengash vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hududiy tarmoqning boshqa a’zolarini ham qo‘lga olish jarayoni ketmoqda.

Ma’lumot uchun, ISHID terrorchilik tashkiloti 2014 yilning boshida Iroq Respublikasining g‘arbida vujudga keldi. Tashkilot o‘sha yili Iroqning g‘arbiy shaharlarini va Suriyaning sharqiy hududlarini egallab oldi. ISHID ushbu hududlarda 2014 yil iyun oyida Abu Bakr Al-Bag‘dodiy boshchiligida xalifalik o‘rnatilganini e’lon qildi. 2017 yilning noyabriga kelib guruh egallab olgan deyarli barcha hududlarni qo‘ldan boy berdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston IShID Pokiston

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing