Tramp AQSHning azaliy dushmaniga maktub yubordi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga mamlakat yadroviy dasturini muhokama qilish uchun maktub yo‘llaganini aytdi. Bu haqda u “Fox Business” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tramp Eron rahbariga maktub yo‘llagani va Eron bilan yadroviy kelishuvga erishishni afzal ko‘rishini aytdi.

“Eron muzokara qilmasa, bu uning uchun juda yomon bo‘ladi. Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak. Boshqa variantlar ham bor”, dedi Tramp.

Fevral oyida AQSH Prezidenti Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerakligini aytgandi, biroq u Eronning o‘sishi va rivojlanishiga imkon beradigan yadroviy kelishuvni afzal ko‘rdi.

AQSH Prezidenti, shuningdek, Eronga “maksimal bosim”ni yangilash haqidagi farmonni imzoladi.

Tramp bu qarordan norozi ekanligini, biroq Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmagani uchun “Eronga nisbatan qattiqroq bo‘lishga” majbur bo‘lganini aytdi.

Ma’lumot uchun, AQSH va Eron o‘rtasidagi munosabatlar 1979 yilgi inqilobdan beri yomon. O‘tgan yili Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Milliy talabalar kuni munosabati bilan Tehrondagi qarorgohida talabalar bilan uchrashuvda 1979 yil 4 noyabrda Tehronda yuz bergan voqealarni eslab, o‘sha paytda AQSH elchixonasidan “josuslar uyasi” sifatida foydalanilganini aytgandi. O‘tgan oyda ham u HAMAS yetakchilik kengashi raisi Muhammad Ismoil Darvish bilan uchrashuvda HAMAS sionistik rejimni yengish orqali aslida Amerikani mag‘lub etgani va ularning hech biri maqsadiga erishmaganini alohida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Xomanaiy armiya havo kuchlari va mudofaa qo‘mondonlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda agar amerikaliklar Eronga tahdid qilsa, Eron ham ularga qarshi tahdid qilishini aytgandi. Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron bilan yangi bitim tuzib, uni taslim bo‘lishga majburlash maqsadini ko‘zlayotganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing