Tramp AQSHda o‘nlab yangi yadroviy reaktor qurishni buyurdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 23 may kuni AQSHda atom energiyasidan foydalanishni sezilarli darajada kengaytirishga qaratilgan to‘rtta farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Farmonlardan biri Yadroviy tartibga solish komissiyasining radiatsiya ta’sirining maqbul darajalariga haddan tashqari ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish-bo‘lmasligini baholashni talab qiladi.

“Trampning farmoyishlari, shuningdek, komissiyadan 18 oy ichida yadroviy reaktor qurilishini tasdiqlashni talab qilishi kutilmoqda, bu esa odatda yillar davom etadigan jarayonni tezlashtiradi”, deb yozadi “The Hill”.

Tramp tomonidan imzolangan yana bir hujjat energetika va mudofaa departamentlariga federal yerlarda yadroviy reaktorlar qurish imkonini beradi, bu esa yadro energiyasidan mudofaa ehtiyojlari va sun’iy intellekt operatsiyalari uchun foydalanish imkonini beradi.

Tramp bu sohada Xitoy va Rossiyaga qaramlikdan qutulish uchun AQSHda uran qazib olish va boyitishni ham kengaytirish niyatida.

“Reuters”ning yozishicha, Tramp ma’muriyati sun’iy intellektning rivojlanishi tufayli o‘n yilliklar ichida birinchi marta elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishiga duch kelmoqda. Agentlikning eslatishicha, Tramp prezidentlikka kelgan birinchi kunidayoq milliy energetika bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilgan.

AQSH Energetika vaziri Kris Raytning aytishicha, sun’iy intellekt uchun zarur bo‘lgan yangi energiya manbalari va ma’lumotlar markazlarini ishlab chiqish "Manxetten loyihasi 2"ga aylanadi (Ikkinchi jahon urushi davrida AQSHning yadroviy qurol yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturi).

Donald Tramp AQSH yana atom sanoatida “haqiqiy kuch”ga aylanishni istashini aytdi. Yangi siyosatning maqsadi keyingi 25 yil ichida atom energiyasi ishlab chiqarishni to‘rt barobarga oshirishdir, dedi Prezident maslahatchisi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp yadroviy reaktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing