Tramp AQSHda koronavirusga qarshi vaksina va dori rejadan avval tayyor bo‘lishini iddao qildi

Salomatlik

image

Amerikalik mutaxassislar COVID-19 koronavirus infeksiyasini davolash uchun vaksinalar, dorilar va davolash usullarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishmoqdalar. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.

“O‘ylaymanki, biz hatto jadvaldan ham oldinroqmiz“, deydi Tramp o‘z ma’muriyati a’zolarining yig‘ilishi chog‘ida.

Shuningdek, u vaksinalar sinovi “birinchi va ikkinchi bosqichda“ ekanini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina yaratilganda, AQSH harbiylari uni mamlakat bo‘ylab tarqatishda ishtirok etadilar.

Bundan tashqari, Tramp koronavirus infeksiyasini oldini olish uchun bezgakka qarshi dori gidroksixloroxinini ichishni qo‘llab-quvvatladi. Bir kun oldin AQSH Prezidenti o‘zini COVID-19 ga qarshi himoya qilish uchun bir necha hafta davomida gidroksixloroxin qabul qilganini tan oldi. So‘ngra bu holat Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi tomonidan tanqid qilindi.

“Bu har kimning shaxsiy qarori, lekin gidroksixloroxin juda yaxshi obro‘ga ega. Agar mening o‘rnimda boshqasi bo‘lganda edi, hamma buni oqilona deb aytardi“, deydi Tramp Respublikachi senatorlari bilan tushlikdan so‘ng.

AQSH Prezidenti ushbu preparat koronavirusdan “qo‘shimcha himoya darajasini“ ta’minlaydi, degan fikrni bildirdi va “ushbu dori-darmonni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab shifokorlar“ fikrini so‘rashni maslahat berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning gidroksixloroxinni qabul qilishdan hech qanday nojo‘ya ta’siri yo‘q va preparatning o‘zi ham arzon.

Avvalroq, Amerika biotexnologiya kompaniyasi “Moderna” koronavirus vaksinasini sinovdan o‘tkazishning dastlabki bosqichi ijobiy natijalar berganini e’lon qildi. Kompaniya klinik sinovlarning birinchi bosqichidagi tadqiqotlar davomida mRNA-1273 vaksinasi o‘zini “umuman xavfsiz va yaxshi ta’sirga ega“ ekanligini ko‘rsatdi. 2020 yil iyul oyida “Moderna” vaksinalarni tekshirishning keyingi bosqichini boshlashni kutmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 100 dan ortiq koronavirus vaksinalari ishlab chiqilmoqda. Ularning kamida sakkiztasi allaqachon klinik sinov bosqichida.

 

Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vaktsina

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing