Tramp “AQSH tarixidagi eng katta iqtisodiy o‘sish” haqida gapirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp, koronavirus pandemiyasi fonida yuzaga kelgan retsessiyadan keyin mamlakat iqtisodiyoti keskin ko‘tarilishiga umid qilmoqda.

Oq uy milliy iqtisodiy kengashining rahbari Lorens Kadlouning ta’kidlashicha, uchinchi chorakda YAIM o‘sishi 21,5 foizni tashkil qiladi.

AQSH Kongressi Byudjet byurosi ma’lumotlarini keltirgan ma’muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu chorakda o‘sish AQSH tarixidagi eng katta ko‘rsatkich bo‘lishi kerak.

"Bu juda katta raqamlar. Bu juda ajoyib bo‘lar edi", dedi suhbatda ishtirok etgan Tramp.

Koronavirus AQSH iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi va ishsizlikning tarixiy o‘sishiga olib keldi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda pandemiya paytida 1,54 million kishi koronavirusga chalindi, 93,1 ming kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing