Tramp AQSH Kosmos akademiyasini tashkil etishga farmon berdi
Olam
−
18:52 375 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp yangi harbiy ta’lim muassasasi – AQSH Kosmos akademiyasini (U.S. Space Academy) tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tramp Kosmos akademiyasini tashkil etish haqida Xyustondagi NASA’ning Jonson kosmik markaziga tashrifi chog‘ida ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror AQSH kosmik kuchlari va xususiy kosmik sanoatning jadal rivojlanayotgani, shuningdek, Amerikaning Oy va undan uzoqroq kosmik hududlarni o‘zlashtirish rejalari kengayayotgani bilan bog‘liq.
“Bizga zarur bo‘lgan vazifalarni amalga oshirish uchun malakali harbiy xizmatchilar, muhandislar, fuqarolik operatorlari va boshqa mutaxassislarning butun bir avlodini o‘qitish va tayyorlashimiz zarur”, degan Tramp.
Yangi akademiya AQSH Kosmik kuchlari, NASA hamda xususiy kosmik sanoat uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Shuningdek, Donald Tramp Artemis II missiyasi ekipajiga Kongressning Kosmos medalini topshirgan. Missiya astronavtlari avvalroq Oy atrofidan uchib o‘tib, Yerga qaytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oy yuzasidagi biror ob’ekt uning sharafiga nomlanishini xohlashini aytgandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust