Tramp AQSH Bosh prokurorini ishdan oldi
Olam
−
13:16 3207 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Pem Bondini Bosh prokuror lavozimidan ozod etdi. OAV xabarlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Tramp uning ishidan norozi bo‘lib kelgan. Bosh prokurorning iste’fosi haqida Tramp Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“Pem Bondi – buyuk Amerika vatanparvari va sodiq do‘st bo‘lib, u o‘tgan yil davomida menga bosh prokuror sifatida vijdonan xizmat qildi. Pem butun mamlakat bo‘ylab jinoyatchilikka qarshi keng ko‘lamli kampaniyaga rahbarlik qilib, ulkan ishlarni amalga oshirdi, natijada qotilliklar soni 1900 yildan beri eng past darajaga tushdi”, deb yozdi Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bondi “xususiy sektordagi o‘ta zarur va muhim yangi ishga” o‘tmoqda. Tramp Bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib uning o‘rinbosari Todd Blanshni tayinladi.’
AQSH Prezidenti Bondining ishdan bo‘shatilishi sababini ochiq aytmagan. CNN va “Reuters” manbalariga ko‘ra, Tramp uning faoliyatidan, jumladan, Jeffri Epshteyn bilan bog‘liq tergov materiallari bo‘yicha harakatlaridan norozi bo‘lgan. Shuningdek, Prezident Bondi o‘z tanqidchilari va raqiblarini jinoiy javobgarlikka tortish choralarini yetarlicha tez ko‘rmayotganidan hafsalasi pir bo‘lgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pem Bondi so‘nggi vaqt ichida ishdan bo‘shatilgan ikkinchi mulozim bo‘ldi: mart oyi boshida Tramp Milliy xavfsizlik vaziri Kristi Noemni lavozimidan chetlatgan edi.
Live
Barchasi