Tramp 15 daqiqada koronavirusni aniqlaydigan testni namoyish etdi

Olam

Reklama
0:00

AQSH Prezidenti Donald Tramp koronavirusni aniqlovchi yangi testni namoyish qildi. Uning natijasi 15 daqiqada tayyor bo‘ladi.

“Men sizga birmuncha muhim narsani ko‘rsatmoqchiman, menda yangi test bor, u bugun ishlab chiqarildi”, degan Amerika yetakchisi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, har bir odam bu testni o‘zi bilan olib yurishi va virus bor-yo‘qligini tekshirishi mumkin. Oq uy xo‘jayini koronavirusga qarshi amerika vaksinasi bir necha haftadan keyin tayyor bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, AQSHda 6 629 880 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 196 752 nafari vafot etgan va 2 525 573 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing