Qariya Tramp hozirgacha qancha pensiya olgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
21 may 2021
10158Joriy yilning yanvar oyi oxiridan boshlab AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp prezidentlik pensiyasini olishni boshlagan. Hozirgacha u umumiy miqdorda 65 ming dollar pensiya olgan, deb xabar bermoqda “Business Insider”.
Tramp sobiq Prezident sifatida yiliga 221 ming dollardan ortiq pensiya olish huquqiga ega. Ular soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ma’lumot o‘rnida, Donald Tramp 2017 yil 20 yanvardan 2021 yil 20 yanvargacha AQSH Prezidenti bo‘lgan. Tramp prezidentlik maoshidan (yiliga 400 ming dollar) voz kechgandi. Ammo qonunga ko‘ra, uni to‘lash shart bo‘lgani sababli, respublikachi pullarni turli vazirliklarga, shuningdek koronavirus uchun dori-darmonlar ishlab chiqarishga o‘tkazgan.
Avvalroq, Donald Tramp o‘z obunachilari bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi aloqa platformasini namoyish qilgandi.
LiveBarchasi