Tramp hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirish haqidagi savolga javob berishdan qochdi
Olam
−
24 Sentabr 2020
10417AQSH Prezidenti Donald Tramp noyabrdagi saylovlardan so‘ng, hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishni kafolatlaysizmi, degan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan qochdi. U saylovlarda g‘alaba qozonishiga ishonishini bildirdi.
"Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bilasizmi, men ovoz berish jarayonidan juda noroziman va bu falokat", dedi u 23 sentyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Amerika rahbari hokimiyat qo‘ldan chiqmasligiga qattiq ishonmoqda.
"Ovoz berish jarayoni nazoratdan chiqib ketdi. Buni juda yaxshi bilasiz. Bu haqda boshqalardan ko‘ra, yana kim ko‘proq bilishidan xabaringiz bormi? Demokratlar", deya qo‘shimcha qildi Tramp.
Avvalroq, respublikachi Tramp yaqinlashib kelayotgan saylovlar natijasini faqat AQSH Oliy sudi hal qilishini tan olgan edi. Oq uy rahbari pandemiya sababli, demokratlar keng miqyosda foydalanishni taklif qilgan pochta orqali ovoz berish usulini bir necha bor tanqid qilgan. Ushbu usul ovoz berish natijalarini aniq va tezkor tarzda bilishga imkon bermaydi, deb ishonmoqda AQSH rahbari.
Uning tushuntirishicha, pochta orqali ovoz berish firibgarlik, byulletenlarni qalbakilashtirish, saylovda qatnashish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarning ham ovoz berishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, pochta orqali ovoz berish chet el mamlakatlari aralashuviga ham olib keladi.
AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabrda o‘tkaziladi. Oq uy rahbari lavozimi uchun AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden va amaldagi Prezident Donald Tramp raqobatlashadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr