ATK vazirligi IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi o‘zgartirilgani noqonuniyligi haqidagi xabarga izoh berdi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020
10520Avvalroq, jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarning IMEI -kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shaxsning pasport ma’lumotlari, uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy foydalanishini kamaytirish uchun mobil qurilmalarni uchinchi shaxslarning shaxsiy ma’lumotlaridan (pasport ma’lumotlari va telefon raqamidan) foydalanish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish holatlarining oldini olish maqsadida mobil qurilmalarni ro‘yxatdan ўтказиш jarayoniga qo‘shimcha tekshiruv algoritmi kiritildi.
Ya’ni, qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilganligi talab etiladi.
Ammo bu o‘zgartirish noqonuniy bo‘lgani taxmin qilindi. Negaki O‘zbekistonda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 847-sonli “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori va 2019 yil 17 sentyabrdagi 778-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash” to‘g‘risidagi qarorlariga asosan joriy etilgan.
Bu tartibni o‘zgartirish uchun ham yana Hukumat qarori kerak bo‘ladi. Boshqa biror tashkilot bunga o‘z xohishicha, o‘zgartirish kirita olmaydi.
O‘zgartirish noqonuniyligi haqidagi xabarlar ortidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi holatga izoh berdi.
Unga ko‘ra, respublika hududida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 847-sonli qarorining 2-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini ro‘yxatga olish va qo‘llash, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish bo‘yicha vakolatli organ” deb belgilangan.
Shu asosda “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi — Tizim operatori Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga qo‘shimcha tekshiruv algoritmi kiritildi. Bu o‘zgartirish yuqorida aytilganidek, endi fuqaroning telefon raqami ham o‘z nomida bo‘lishi kerak.
Ammo Hukumat qarorida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — mobil qurilmalarning identifikatsiya kodlarini ro‘yxatga olish va qo‘llash, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish bo‘yicha vakolatli organ deb belgilangan. O‘zgartirishni esa “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi amalga oshirgan.
Vazirlik qo‘shimcha qilishicha, bu tizim dunyoning ko‘p mamlakatlarida amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda. Maqsad ma’lum, iste’molchilar huquqini himoya qilish, respublikamizga sifatsiz mobil qurilmalarning kirib kelishi hamda uning noqonuniy savdosining oldini olishdir.
Xalqaro telekommunikatsiyalar ittifoqi va Yevropa intellektual mulk agentligi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ayni paytda noqonuniy uyali aloqa vositalari savdosi dunyo bozorida salmoqli miqdorni tashkil qiladi. Achinarlisi, ko‘pincha bundan oddiy iste’molchi zarar ko‘rish holatlari judayam ko‘p.
Yuqorida ta’kidlanganidek, dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya, Belgiya, Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, AQSH, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlar) noqonuniy, o‘g‘irlangan va qalbaki uyali aloqa vositalari savdosining oldini olish, telekommunikatsiyalar sohasiga yo‘naltiriladigan investitsiyalar oqimini ko‘paytirish maqsadida uyali aloqa telefonlarining IMEI raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi joriy qilingan.
LiveBarchasi