Tramp hibsga olinishi haqidagi xabarlar fonida saylov kampaniyasi uchun 1,5 million dollar yig‘di
Olam
−
23 mart 2023
4118AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning hibsga olinishi haqidagi xabarlar tarqalishi fonida Tramp tarafdorlari uning saylovoldi tashviqoti uchun 1,5 million dollar yig‘di. Bu haqda kecha, 22 mart kuni “Fox News” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, sobiq davlat rahbarining tarafdorlari go‘yoki Trampning saylovoldi shtab-kvartirasi va ijtimoiy tarmoqlaridan elektron xatlar va videolar olgan. Materiallarda sobiq prezidentning hibsga olinishi haqida so‘z borgan. Tramp o‘z tarafdorlaridan unga qarshi jinoiy ayblovlarga qarshi petitsiyaga imzo chekishni va uning saylovoldi kampaniyasi uchun 500 dan 3300 dollargacha xayriya qilishni so‘ragan.
“Agar ishlaringiz yaxshi bo‘lmasa, hech narsa yubormang. Agar sizda hammasi yaxshi bo‘lsa, bu Prezident Tramp ma’muriyatining siyosati tufayli amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘z hissangizni qo‘shing”, deyilgan Tramp tarafdorlari qabul qilgan xat va videolarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 mart kuni Tramp Manxetten okrugi prokuraturasi tomonidan 21 mart kuni hibsga olinishi kutilyotganini aytgandi. Sobiq prezident hibsga olish to‘g‘risidagi qaror Manxetten okrugi prokurorining korrupsiyalashgan va nihoyatda siyosiylashgan idorasi tomonidan qabul qilinganini ta’kidlagandi. U hech qanday jinoyat qilmaganini bildirib, agar hibsga olinsa, tarafdorlarini kelajakdagi ayblovlarga qarshi norozilik bildirishga chaqirgandi. Shu kuni amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter'dagi sahifasida Trampning hibsga olinishi uning 2024 yilgi saylovlarda qayta saylanishiga hissa qo‘shishini yozgan. 19 mart kuni esa idorasi sobiq prezident Trampni tergov qilayotgan Nyu-York okrugi prokurori Alvin Bragg qo‘rqitishga urinishlarga toqat qilmasligi va to‘liq tergov olib borishini e’lon qilgandi. Kecha, 22 mart kuni esa Nyu-York Bosh prokurori Letitsiya Jeymsning Donald Trampga qarshi da’vosi bo‘yicha tinglov boshlanishidan avval Quyi Manxetten sudiga bomba tahdidi haqida xabar berilgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi