Tramp HAMASga 5 oktyabrgacha muhlat berdi
Olam
−
03 Oktabr 4286 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp HAMASga uning G‘azoning kelajagiga oid rejasi bo‘yicha 5 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 gacha kelishuvga kelish uchun muhlat berdi va buni guruh uchun “so‘nggi imkoniyat” deb atadi. Bu haqda u bugun, 3 oktyabr kuni Truth Social'da yozdi.
“Yakshanba kuni soat 18:00 (Vashington vaqti) gacha HAMAS bilan kelishuvga erishilishi kerak. Har bir davlat rozilik berdi! Agar bu SO‘NGGI IMKONIYAT kelishuviga erishilmasa, HAMASga qarshi dunyo hech qachon ko‘rmagan darajadagi DO‘ZAX boshlanadi” deb yozdi Tramp.
Tramp 30 sentyabr kuni HAMASga 20 moddadan iborat hujjatni qabul qilish uchun uch-to‘rt kun muhlat berganini aytgan edi. Bu hujjat guruhning qurolsizlanishini talab qiladi — HAMAS bu talabni ilgari rad etgan. Guruhga yaqin manbaga ko‘ra, HAMAS taklifni hozircha ko‘rib chiqmoqda.
Rejaga ko‘ra, quyidagilar nazarda tutilgan:
- Darhol otashkesim e’lon qilish;
- HAMAS tomonidan ushlab turilgan barcha garovga olinganlarni Isroil tomonidagi falastinlik mahbuslarga almashtirish;
- Isroil qo‘shinlarining G‘azodan bosqichma-bosqich chiqarilishi;
- HAMASning qurolsizlantirilishi;
- Xalqaro tashkilot tomonidan boshqariladigan o‘tish hukumati tashkil etilishi.
Live
Barchasi