Tramp ham o‘ziga ochilgan jinoiy ishlarni yoptirmoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Trampning advokati Stiv Sadou kecha, 4 dekabr kuni Jorjiya apellyatsiya sudiga sudlanuvchining prezidentlik daxlsizligini asos qilib, 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashish bo‘yicha ishni yopish to‘g‘risida iltimosnoma kiritdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, “2024 yil 5 noyabrda Donald Tramp yana saylangan prezident bo‘ldi va 2025 yil 20 yanvarda u AQSHning 47-prezidenti sifatida qasamyod qiladi” va “amaldagi prezident federal darajada va shtat darajasida har qanday ayblovlar va ta’qiblardan to‘liq himoyalangan bo‘ladi.

2023 yil avgust oyida Jorjiya sudyalari Trampni, uning ba’zi advokatlari, yordamchilari, saylovoldi tashviqoti amaldorlari va mahalliy saylov organi amaldorlarini 2020 yilgi saylovlarga aralashganlikda aybladi. Ayblov xulosasida aytilishicha, Tramp jinoiy guruh tarkibida 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini qayta ko‘rib chiqishga harakat qilgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, bu guruh Jorjiyada, shuningdek, boshqa shtatlarda – Arizona, Michigan, Nyu-Meksiko, Viskonsin va Kolumbiya okrugida faoliyat yuritgan.

3 dekabr kuni Trampning advokatlari Nyu-York sudiga suddan sobiq porno aktrisa Stormi Denielsga pul to‘lash chog‘ida Trump Organization moliyaviy hujjatlarini qalbakilashtirilishi bo‘yicha ochilgan ishni tugatishni so‘rab iltimosnoma kiritdi. Saylangan prezidentning advokatlari ayblov xulosasini bekor qilishni va hakamlar hay’ati hukmini bekor qilishni talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Xanter Baydenni rasman afv etgandi. Shundan so‘ng mamlakat sudi unga qarshi noqonuniy qurol saqlash ishi bo‘yicha da’vo ishini yopdi. Tramp esa Bayden tomonidan yaratilgan pretsedentdan foydalanib, kelajakda o‘zining afv etish haqidagi qarorlarini muhokama qilishi mumkinligi xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing