Tojikistonning davlat qarzi YAIMning 50 foiziga yaqinlashdi

Olam

image

Tojikiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, mamlakatning tashqi qarzi 2019 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 2,9 mlrd dollarga yetdi. 

Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilgi yalpi ichki mahsulotning 38,9 foiziga to‘g‘ri keladi.

Ichki qarz miqdori 6,8 mlrd somoni (taxminan 722 mln dollar)ga yetgan va YAIMning 9,9 foiziga tenglashgan.

Shu tariqa, Tojikistonning davlat qarzi 3,6 mlrd dollarga yetib, YAIMning 48,8 foiziga teng bo‘ldi deb yozmoqda AP nashri.

Tojikiston joriy yilda 235 mln dollar miqdorida qarz olmoqchi. Yaqin uch yilda mamlakatga jami 714 mln dollar olib kirish rejalashtirilgan.

Tojikistonning asosiy kreditori Xitoyning “Eksimbank” banki hisoblanadi. Respublika bankdan 1,2 mlrd dollar qarz olgan.

Shuningdek, Tojikiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot bankidan ham sezilarli qarz olgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston qarz

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing