Tojikistonning ham tashqi qarzi miqdori ochiqlandi
Olam
−
21 noyabr
10674Joriy yilning 1 oktyabr holatida Tojikistonning tashqi qarzi 3 milliard 250,4 million dollarni tashkil qilmoqda. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligiga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tojikistonning tashqi qarzi joriy yilning 1 oktyabr holatida 3 milliard 250,4 million dollarni tashkil qilgan va bu joriy yilning 1 yanvaridagi ko‘rsatkichdan 0,2 foizga yoki 7,1 million dollarga ko‘proq. Tashqi qarzning taxminan 96 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat qarzidan iborat bo‘lib, hukumatning xizmat ko‘rsatish majburiyatlarini bajarishga yo‘naltirilgan. Davlat kafolati ostidagi qarz esa 138,8 million dollarni tashkil etadi. Mamlakat tashqi qarzining YAIMga nisbati 27 foiz darajasida bo‘lib, bu qulay darajada hisoblanadi.
Eng katta qarzdorlik quyidagi xalqaro moliyaviy institutlar oldida mavjud:
- Jahon banki – 370 mln dollar;
- Osiyo taraqqiyot banki – 260 mln dollar;
- Islom taraqqiyot banki – 212 mln dollar;
- Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki – 167 mln dollar.
Shuningdek, 2017 yilda Rog‘un GESi qurilishini yakunlash uchun yig‘ilgan yevroobligatsiyalar (500 million dollar) bo‘yicha asosiy qarz ham to‘lanmagan. Tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, hozircha ushbu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha faqat foizlar to‘lanmoqda.
Kelgusi yilda hukumat Rog‘un GESi qurilishini yakunlash uchun rivojlanish bo‘yicha hamkorlardan kreditlar jalb etishi kutilmoqda, bu esa tashqi qarz hajmini sezilarli darajada oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning I yarmida O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 37 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilingan edi. Shundan davlat tashqi qarzi 30,9 milliard dollar, ichki qarzi 6,1 milliard dollarga yetgan.
Shuningdek, Qirg‘iziston Moliya vaziri Almaz Baketayev ham davlat qarzi hajmini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, Qirg‘izistonning umumiy davlat qarzi hajmi 6,5 milliard dollarni tashkil qilmoqda, shundan taxminan 4,5 milliard dollar tashqi, qolgan qismi ichki qarz.
LiveBarchasi