Tojikistonlik yigit Rossiyada cherkov shamlarini o‘chirib tashladi (video)
Olam
−
19 iyun 2024 11231 1 daqiqa
Rossiyada 20 yoshli Tojikiston fuqarosi cherkovdagi shamni o‘chirib, unga ogohlantirish bergan shaxsga hujum qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 18 iyun kuni yigit pravoslavlarning diniy tuyg‘ularini haqorat qilish maqsadida cherkovdagi shamlarni o‘chirgan. Shundan so‘ng, Tojikiston fuqarosi unga ogohlantirish bergan taqvodor dindorlardan biriga nisbatan zo‘ravonlik qilgan.
Keltirilishicha, yigit qo‘lga olingan va ayni paytda u bilan zarur tergov harakatlarini olib bormoqda. Tojikiston fuqarosi Rossiya Jinoyat kodeksining 148-moddasi 4-qismining “b” bandida nazarda tutilgan (vijdon va din erkinligi huquqini buzish) jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, xabarda tergov Moskvaning Zyuzinskiy tuman sudiga yigitga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqida iltimosnoma kiritmoqchiligi aytilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025