Tojikistondan olib kelingan jami 25,8 kg “gashish”ni sotayotganlar aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida Tojikistondan olib kelingan giyohvandlik moddalari musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida 1999 yilda tug‘ilgan, bir-biriga qarindosh bo‘lgan 2 nafar mahalliy fuqaro aylanma yo‘llar orqali tojikistonlik narkosavdogar tomonidan yuborilgan 11 kg 942 gr “gashish” moddasini qabul qilib olib, Sho‘rchi tumanidagi to‘yxona yaqinida joylashgan simyog‘och ostiga yashirib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan. Shuningdek, ular giyohvand moddani belgilangan joyga qoldirib ketganlaridan so‘ng, uni olib ketmoqchi bo‘lgan Uzun tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ham ushlangan.

 

Farg‘ona viloyatidagi holatda esa “Qo‘qon-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan Tracker avtomashinasi Bag‘dod tumanida to‘xtatilganda, unda Farg‘ona shahrida yashovchi, 1974 va 1988 yillarda tug‘ilgan 3 nafar shaxs 11 kg 966 gr “gashish” moddasini olib ketayotganliklari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Shu bilan birga, ularni boshqa mashinada kuzatib borayotgan va giyohvandlik vositasining haqiqiy egasi bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1990 va 1993 yillarda tug‘ilgan er-xotin ham qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, ular Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan moddani Qo‘qon shahrida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan ayoldan sotib olgan. Sotuvchi ham protsessual tartibda ushlangan. 

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda ketayotgan Nexia avtomobili Qo‘shtepa tumani hududida to‘xtatilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli 1 kg 941 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, u ushbu giyohvand moddani Qo‘qon shahrida yashovchi ayoldan sotib olgan va sotish uchun Marg‘ilon shahriga olib ketishni reja qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Tojikiston Farg'ona gashish Qo'qon-Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing