Tojikistondan Iroqqa ketayotgan yuklar O‘zbekiston chegarasida to‘xtatib qo‘yildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston orqali Tojikistondan Iroqqa olib ketilayotgan quruq mevalar ortilgan yuk mashinasi chegarada to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Tojikiston Respublikasidan Iroq davlatiga tranzit bo‘lib o‘tayotgan quruq meva yuklangan avtotransport vositasi “Oybek” O‘simliklar karantini chegara maskanida to‘xtatilgan. 

Yuk mashinasining to‘xtatilishiga yuklarni O‘zbekiston Respublikasi xududidan tranzit olib o‘tish uchun Karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan karantin ruxsatnomasi yo‘qligi sabab bo‘lgan.

Yuk mashinasi dalolatnoma tuzilib vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston chegara

Baholaganlar

872

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing