Tojikistondan 26,8 kg narkotik modda olib kelganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image
Farg‘onada “opiy” va “gashish” sotayotganlar ushlandi (video) north_east

Farg‘onada “opiy” va “gashish” sotayotganlar ushlandi (video)

Tojikistondan jami 26 kilogramm 805 gramm giyohvandlik vositalarini kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga olib kelgan 6 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor tadbirda 1986 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi davlat chegarasini qonunga xilof ravishda buzib o‘tgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Unga tegishli sumka ko‘zdan kechirilganda, 15 dona o‘ramdagi jami 14 kilogramm 584 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. Shundan so‘ng, uni buyurtma qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 9 kilogramm 467 gramm “opiy” moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Tergovga qadar tekshiruv davomida tojikistonlik narkokur’er tomonidan Surxondaryo viloyati hududiga kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan mazkur giyohvandlik moddasini Denov tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro qabul qilib olib, Toshkent viloyatiga olib kelgani aniqlangan va u ham protsessual tartibda ushlangan.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan holatda, “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada unda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan Qo‘qon shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining bel qismiga 1 kilogramm 759 gramm “gashish” moddasini yashirib olgani aniqlandi.

Farg‘ona shahrida kuzatilgan holatda esa, “Farg‘ona-Toshloq” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1995 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Zaparojets” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 995 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 aprelidan 15 mayiga qadar Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirida giyohvandlik moddasini sotayotgan 2 kishi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

DXX gashish giyohvandlik vositalari opiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing