Tojikistondagi zilzila Surxondaryoda sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 8 iyul kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 18:04 da Tojikistonda sodir bo‘lgan. 

Zilzila koordinatalari: 37,83 gradus shimoliy kenglik; 68,14 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 393 km janubiy-g‘arbda.

Surxondaryo viloyatida sezilish kuchi:

Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 28 km.
Uzun tumanida 2 ball, 37 km.
Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km.
Oltinsoy tumanida 2 ball, 53 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta tumanlarida sezilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made