Tojikistondagi karantin zonasida ishlayotgan tibbiyot xodimi kutilmaganda vafot etdi

Olam

image

Tojikistonning Boxtar shahridagi chet eldan kelgan tojiklar karantinga olingan kasalxonaning bir nafar xodimi sil kasalidan vafot etdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bergan axborotga ko‘ra, karantinda saqlanayotganlar bo‘limida ishlagan 58 yashar ayol olamdan o‘tgan.

“O‘lim sababi – infiltrativ sil va yurak qon-tomir tizimidagi muammolar”, deyiladi vazirlik axborotida.

1 fevraldan 13 aprelgacha xorijdan Tojikistonga kelgan 7 560 fuqaro mamlakatdagi tibbiyot muassasalari va dam olish maskanlariga joylashtirildi. 

13 aprel holatiga ko‘ra, karantindan 5 724 kishiga javob berilgan. Ayni damda u yerda 1 836 kishi qolmoqda.

Tojikistonda koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan.

“Agar mamlakatda koronavirus infeksiyasi ro‘yxatga olinsa, Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish vazirligi buni rasman tasdiqlaydi va e’lon qiladi. Chunki kasallikni yashirish va bu haqda xabar bermaslik, hech qanday mamlakatning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi SSV xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

439

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing