Tojikistonda zilzila oqibatida 100 ga yaqin uy vayron bo‘ldi

Olam

image

Tojikiston shimoli-sharqida kecha, 13 aprel kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Rasht va Tojikobod tumanlarida 94 ta turarjoy binosi butunlay vayron bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi xabar bermoqda.

“Yana o‘nlab binolar qisman va kichik zarar ko‘rdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan”, deyiladi qo‘mita bayonotida.

Ma’lumki, Ushturpast qishlog‘ida uch yoshli bola halok bo‘lgan – u qulagan uy devori ostida qolgan.

Milliy fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari soat 09:24 da sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 km uzoqlikda, Rasht viloyatida joylashgan.

Zilzila markazida zilzila kuchi 5-6 ballni, Dushanbeda 3 ballga yaqinni tashkil etgan.

Rasht viloyatining Safedtundak, Gulxani, Ko‘l, Askaloni va Xulaki qishloqlarida 40 ta uy butunlay vayron bo‘lgan, yana 5 tasi qisman vayron bo‘lgan. Shuningdek, uchta choyxona, maktab binosi va bitta yordamchi bino zarar ko‘rgan.

Tojikobod tumanida 54 ta turarjoy binosi to‘liq, 45 tasi qisman vayron bo‘lgan, 61 ta binoga esa yengil shikast yetgan.

Bundan tashqari, 2 maktab binosi, 1 tibbiyot punkti, bir nechta choyxona va 200 ga yaqin xo‘jalik inshootlari shikastlangan.

Prezident Imomali Rahmon topshirig‘iga ko‘ra, maxsus respublika komissiyasi tuzildi. U allaqachon voqea joyida ishlamoqda: zararni baholash, jabrlanganlarga yordam berish va tiklash ishlarini muvofiqlashtirish.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistondagi ushbu zilzila O‘zbekistonning 7 viloyati va Toshkent shahrida ham sezilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing