Tojikistonda yangi o‘quv yili yangicha talablar bilan boshlandi

Olam

image

Bugun, 17 avgust kuni Tojikistonda yangi o‘quv yili boshlandi. 2020-2021 o‘quv yili odatiy muddatidan 2 hafta avval boshlandi. 

Endilikda koronavirus sabab maktablarda yangi tartib va talablar amal qila boshlagan. xususan, niqob taqish va aniseptik olib yurish barcha o‘quvchilar uchun majburiy. Yo‘laklarga va maktab hovlisiga masofani saqlash bo‘yicha belgilar o‘rnatilgan. Oraliq masofa 1,5 metrni tashkil qilishi kerak.

Tojikistonda bolalar koronavirus sabab aprel oyida ta’tilga chiqarilgandi. Vaziyat barqarorlashgani sababli Ta’lim vazirligi o‘quv yilini ikki hafta oldin boshlashga qaror qilgan.

Vazirlik maktablarda koronavirus profilaktikasi bo‘yicha barcha talablarga amal qilinishiga ishontirmoqda.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda 8 065 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 64 nafari vafot etgan va 6 855 nafari sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Tojikiston

Baholaganlar

316

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing