Tojikistonda yangi banknota muomalaga chiqarildi
Olam
−
01 noyabr 2025 11107 1 daqiqa
Tojikistonda mamlakatning milliy valyutasi – somoni joriy etilganining 25 yilligiga bag‘ishlab 100 somonilik yubiley banknotalar muomalaga chiqarildi. Bu haqda Tojikiston Milliy bankiga tayanib, “Xovar” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yubiley banknotalar Tojikiston Respublikasi “Tojikiston Milliy banki to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, Milliy bank boshqaruvi qarori asosida iqtisodiyotni pul belgilar bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 30 oktyabridan muomalaga chiqarilgan.
Bildirilishicha, yubiley banknota nafaqat tarixiy xotiraning ramzi, balki mamlakatning barqaror moliya-kredit tizimi va milliy iqtisodiyoti rivojining ifodasi. Uning dizaynida Tojikistonning qadimiy sivilizatsiyasi va xalqining bunyodkorlik mahoratini aks ettiruvchi madaniy, tarixiy hamda me’moriy unsurlar mujassam qilingan.
Yubiley banknotalar Tojikiston Milliy bankining 100 somonilik boshqa qog‘oz pullari bilan teng huquqda muomalada bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyada milliy valyuta modernizatsiya qilinib, tasvirlar va ramzlar bo‘lmagan oltita yangi turdagi banknotlar seriyasi muomalaga chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi