Tojikistonda suv toshqini: 7 kishi qurbon bo‘ldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikistonning tog‘li hududlarida sodir bo‘lgan toshqinlar oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi qo‘mitasiga tayanib, “Anadolu” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11 may kuni mamlakatning tog‘li hududlariga tushgan kuchli yomg‘irlar toshqinlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Xatlon, Ko‘lob va Hisor viloyatlarida 7 kishi toshqin qurboniga aylangan. Bundan tashqari, ulardan beshtasi avtoulovni suv bosishi oqibatida vafot etgan.

Tabiiy ofat ko‘plab uylar va infratuzilma ob’ektlariga zarar yetkazgan. Qutqaruvchilar tabiiy ofat yuz bergan hududlarda ishlashni davom ettirmoqda.

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon topshirig‘i bilan tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan zararni aniqlash va yo‘q qilish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

322

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing