Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda sezildi
Jamiyat
−
16:47 853 1 daqiqa
Bugun, 21 sentyabr kuni Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 15:48 da yuz bergan. Zilzila magnitudasi 4,9, chuqurligi 160 km. Zilzila epitsentri Tojikistonning Tog‘li Badaxshon viloyatida, Toshkentdan 448 km janubi-sharqda joylashgan. Zilzila koordinatalari: 38,03 daraja shimoliy kenglik, 72,34 daraja sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
So‘x tumanida 2 ball, 240 km.
Quvasoy shahrida 2 ball, 255 km.
Farg‘ona tumanida 2 ball, 257 km.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezilgan edi.
Live
Barchasi