Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryoda ham sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Bildirilishicha, yer silkinishi, bugun, 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 08:14 da Tojikistonda sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 37,81 gradus shimoliy kenglik; 68,13 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 120 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 395 km janubiy-g‘arbda joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Sho‘rchi tumanida 2 ball, 28 km
  • Uzun tumanida 2 ball, 39 km
  • Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 49 km
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 54 km
  • Denov tumanida 2 ball, 63 km
  • Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 68 km
  • Bandixon tumanida 2 ball, 69 km
  • Qiziriq tumanida 2 ball, 81 km
  • Termiz tumanida 2 ball, 83 km
  • Boysun tumanida 2 ball, 90 km
  • Angor tumanida 2 ball, 91 km
  • Termiz shahrida 2 ball, 100 km

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-7 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududida "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Tojikiston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing