Tojikistonda Prezident qaroridan keyin jinoyatlar kamaydi

Olam

image

Tojikiston Bosh prokurori Habibullo Vohidzoda 15 fevral kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida mamlakatda terrorizm va ekstremizmga oid jinoyatlar soni kamayganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, bunday huquqbuzarliklar 2024 yilga nisbatan 23 foizdan ortiqqa, ya’ni 314 ta holatga kamaygan.

Bosh prokurorning ta’kidlashicha, bu kamayishga Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi “layk” va izohlar uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik haqida berilgan ko‘rsatma ham ta’sir ko‘rsatgan. Shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari kuchaytirilgan.

Ma’lum qilinishicha, ekstremizm va terrorizmga oid moddalar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan 405 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan.

“Layk” va “repost”lar uchun javobgarlikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonun 2025 yilning may oyida Prezident tomonidan imzolangan. Davlat rahbari ayrim idoralar fuqarolarga nisbatan asossiz jinoyat ishlari qo‘zg‘atganini va bu amaliyotga chek qo‘yish zarurligini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Prezidenti “layk”lar uchun hibsga olish amaliyotini tanqid qilgandi. U huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ijtimoiy tarmoqlarda post va videolarga layk bosgan fuqarolarga nisbatan asossiz jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishini qoralagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Layk Habibullo Vohidzoda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing