Tojikistonda Navro‘zning ulkan ramzi o‘rnatiladi
Olam
−
09 mart 2021
6900Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Do‘sti maydonida Navro‘zning ramzi – unib chiqqan, ulkan bug‘doy niholi o‘rnatilmoqda. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu niholning balandligi 30 metr, diametri 16 metrni tashkil qiladi.
Do‘sti maydoniga mevali daraxtlar, turli xil gullar va Navro‘zning boshqa ko‘rgazma atributlari ham o‘rnatilmoqda.
Nashrga ko‘ra, Navro‘z ramzini o‘rnatish uchun byudjet mablag‘lari sarflanmaydi.
“Poytaxtlik ikki tadbirkor o‘z mablag‘lari evaziga Dushanbe markazida Navro‘z ramzini o‘rnatish istagini bildirdi. Ular o‘z ismlari va ushbu bayram majmuasi uchun sarflanadigan mablag‘ summasini e’lon qilmaslikni so‘radi”, deyiladi xabarda.
Bu yil Tojikistonda Navro‘z an’anaviy teatrlashtirilgan tomoshasiz nishonlanadi. Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi poytaxtning to‘rtta tumanida konsertlar va sport tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat bergan.
LiveBarchasi