Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 2000 dan oshdi
Olam
−
20 may 2020 10923 1 daqiqa
Tojikistonda so‘nggi bir kun ichida 204 ta yangi koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda bugun, 20 may kuni koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yagona milliy portal e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi sutkada virusdan o‘lim hollari qayd etilmagan.
Mamlakatda infeksiyalarning umumiy soni 2140 nafarga yetdi, ulardan 41 kishi vafot etdi.
Hukumat mamlakatda karantin qoidalarini kuchaytirish, infeksiya holatlari ko‘p qayd etilayotgan hududlarda komendantlik soati e’lon qilishi kutilmoqda, deb yozadi mahalli OAV.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr