Tojikistonda koronavirus aniqlangani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Olam

image

Tojikiston hukumati yaqin orada mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida xabar beradi. Bir qator Tojikiston viloyatlarida karantin joriy etiladi. Bu haqda “Interfaks“ nashri Qirg‘iziston hukumati apparatidagi manbaga asoslanib xabar berdi.

“Tojikiston hukumati yaqin orada mamlakatda yuzaga kelgan og‘ir epidemiologik vaziyatni va koronavirus mavjudligini tan oladi, shuningdek respublikaning ayrim hududlarida karantin choralarini ko‘radi“, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mamlakatda bir qancha odamlar karantinga olingani aytilmoqda. Ular orasida mansabdor shaxslar ham borligi ma’lum qilindi.

“Tojikistonda 60 dan ortiq odam karantinga olindi, ular orasida poytaxt maktablari o‘qituvchilari, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank xodimlari bor edi. O‘tgan hafta hukmron Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi raisining o‘rinbosari Xayriniso Yusufiy karantinga olingan edi“, deyiladi xabarda.

Kecha, 26 aprel kuni, Tojikistonning COVID-19 profilaktikasi bo‘yicha koronavirus xavfi tufayli, maktabgacha ta’lim muassasalarida, o‘rta maktablarda, boshlang‘ich kasb-hunar ta’limi muassasalarida va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida 27 apreldan 10 maygacha ikki haftalik ta’tilni e’lon qilindi.

“Qaror jamoat salomatligi va aholi, ayniqsa bolalar va o‘spirinlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi“, deyiladi Respublika Ta’lim va fan vazirligi matbuot markazida.

Bundan tashqari, shtab-kvartiraning qarori bilan dunyodagi og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni hisobga olgan holda, oziq-ovqat xavfsizligini kuchaytirish va ichki oziq-ovqat bozorini zarur mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida bug‘doy, guruch va boshqa turdagi don va dukkakli ekinlarni hamda yasmiq, no‘xat, mosh, loviya, tuxum, kartoshka, shuningdek barcha turdagi go‘sht mahsulotlarini eksport qilish taqiqlandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari yo‘q. Biroq, ommaviy axborot vositalari va Respublika jamoatchiligi pnevmoniya va yurak xastaliklari bilan og‘rigan bemorlarning so‘nggi kunlarda o‘lim hollari ko‘payishi to‘g‘risidagi xabarlardan xavotirda. Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bu o‘limlar koronavirus bilan bog‘liq emasligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Tojikistonda

Baholaganlar

586

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing