Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlandi

Olam

image

Tojikistonda yosh bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlandi. Bu haqda “Avesta” xabar berdi.

Avvalroq, erkak voyaga yetmagan 5 nafar jiyanini xipchin bilan savalagani tasvirlangan videolar tarqalgandi. Shundan so‘ng Bolalar ombudsmani izoh berib, holat Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati Regar tumanida olingani, mazkur voyaga yetmagan bolalarning onasi ishlash maqsadida Rossiyaga ketgani, bolalar tog‘asining qaramog‘ida qolib tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganini ma’lum qilgandi.

Xatlon viloyati IIB tezkor qidiruv orqali bolalarga shafqatsiz munosabatda gumonlagan shaxs –1970 yilda tug‘ilgan Oynagul Jonmirzoyevani qo‘lga olgan. U  Jaloliddin Balxiy tumanidagi Frunze qishlog‘ida yashab kelgan. Dastlabki tergov jarayonida bolalar ayolning nevaralari ekanligi aniqlangan. 

Ayol nima sababdan nevaralariga bunday munosabatda bo‘lgani hozircha ma’lum emas. Buni aniqlash va holatga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari olib borilayotgani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston xivchin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing