Tojikistonda bitta partiya saylovga boykot e’lon qildi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 oktyabr kuni Tojikistonda navbatdagi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bugun, 6 sentyabr kuni prezidentlikka nomzodlarning yakuniy ro‘yxati tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, mamlakatning yettita siyosiy partiyasidan faqat bittasi saylovga nomzod ko‘rsatmaslikka qaror qildi. 

Besh partiyadan nomzodlar jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan. Davlat rahbari lavozimiga oltinchi nomzod esa Tojikiston Kommunistik partiyasining favqulodda qurultoyi natijalaridan bir kun oldin qilingan.  

Qurultoy qatnashchilarining qaroriga binoan kommunistlar rahbari Mehroj Abdulloyev prezidentlik uchun kurashadi. 

Hukmron Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi, Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi va mamlakat Yoshlar ittifoqi amaldagi prezident Imomali Rahmonni bo‘lajak saylovlarga nomzodini ilgari surdi. 

Muxolifatdagi Agrar partiya o‘z rahbari Rustam Latifzodning nomzodini qo‘llab-quvvatladi. 

Tojikiston Sotsialistik partiyasi Abduhalim G‘affarovni uchinchi marta, Demokratik partiya Saidjafar Usmonzodani ikkinchi marta, Iqtisodiy islohotlar partiyasini esa Rustam Rahmatzodani nomzod qilib ko‘rsatdi. 

Shu bilan birga, Tojikiston sotsial-demokratik partiyasi (SDDP) saylov jarayoniga boykot e’lon qildi. SDDP rahbari Rahmatillo Zoyirov tarafdorlarini ovoz bermaslikka chaqirdi. 

Ma’lumot uchun, Tojikistonda so‘nggi prezidentlik saylovlari 2013 yil 6 noyabrda bo‘lib o‘tgan. O‘sha paytda oltita nomzod prezidentlik uchun kurash olib borgan edi. Imomali Rahmon to‘rtinchi marta saylovlarda 83,92 foiz ovoz to‘plab g‘alaba qozongandi. Amaldagi davlat rahbari Rahmon mamlakatni 26 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U mustaqil Tojikiston tarixidagi uchinchi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing