Tojikistonda ajrashish narxi ikki baravar oshirildi
Olam
−
03 Oktabr 4038 2 daqiqa
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 1 oktyabr kuni qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritdi. Unga ko‘ra, nikohni bekor qilish uchun davlat boji miqdori oshirildi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Yangi tuzatishlarga ko‘ra, ajrim quyidagicha qimmatlashadi:
- Er-xotindan biri ariza topshirsa – 75 somonidan 150 somonigacha (97 ming so‘mdan 194 ming so‘mgacha);
- Er-xotin birgalikda murojaat qilsa – 375 somonidan 750 somonigacha (485 ming so‘mdan 971 ming so‘mgacha);
- Sud qarori – 525 somonidan 1050 somonigacha (680 ming so‘mdan 1 mln 360 ming so‘mgacha).
Shunday qilib, boj miqdori ikki baravar ko‘tarilgan. Qonun rasmiy e’lon qilingandan so‘ng kuchga kiradi.
Mamlakat parlamenti bunday choralarni ajrimlar sonini kamaytirish istagi bilan izohlagan. Qayd etilishicha, o‘tgan yil dekabr oyida ham boj 72-108 somonidan 500 somonigacha oshirilgan.
Nashrnigng yozishicha, ajrimlar Tojikistonda jiddiy ijtimoiy muammo bo‘lib qolmoqda. Rasmiy statistik ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatda 4117 ta ajrim qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 291 taga kam. Shunga qaramay, hukumat vaziyatni tashvishli deb hisoblamoqda. Ayollar va oilalar ishlari qo‘mitasi raisi Binafsha Fayziddinzoda ajrimlarning asosiy sababini erta nikoh va yosh qizlarning oilaviy hayotga tayyor emasligi bilan izohlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 21 sentyabrdan beri Tojikistonda elektr energiyasiga rasman emas, amalda cheklov joriy qilingani haqida xabar berilgan edi. Turli hududlarda yashovchilarning xabar berishicha, ularning uylarida kuniga bir necha soatgina elektr quvvati bor. Mamlakatda elektr uzilishlari nafaqat maishiy, balki ijtimoiy muammoga aylangan.
Live
Barchasi